@yangi_alifbot
Botda ochish

Yangi o'zbek alifbosiga o'giring

Kirill va eski lotin matnlarini, hujjatlarni va fayllarni Ö Ğ Ş Ç harflariga o'giradi. Telegramda, bir necha soniyada.

Telegramda boshlash
Bepul. Ro'yxatdan o'tish shart emas.
@yangi_alifbot

Qanday o'giradi

KirillЎзбекистон — ғоялар ва шарқ юрти.
Eski lotinO'zbekiston — g'oyalar va sharq yurti.
Yangi alifboÖzbekiston — ğoyalar va şarq yurti.
KirillЧиройли шаҳар, тоза чой.
Eski lotinChiroyli shahar, toza choy.
Yangi alifboÇiroyli şahar, toza çoy.
KirillҚўшиқ айтамиз.
Eski lotinQo'shiq aytamiz.
Yangi alifboQöşiq aytamiz.

Nimalar qila oladi

Matn

Xabarni yozing yoki yuboring, yangi alifbodagi variantini oling. Shubhali joylar alohida ko'rsatiladi.

Hujjatlar

Word (docx), Excel (xlsx), TXT, HTML, CSV, JSON fayllarning formatlashi saqlanib o'giriladi.

Tarjima

Rus, ingliz va turk tilidan o'zbekchaga va aksincha. Model serverimizda ishlaydi, matn tashqariga chiqmaydi.

Rasmdan matn

Rasm yoki skan PDF'dan matnni ajratib oladi va yangi alifboga o'giradi.

PDF va fayl

Matn yoki rasmlardan PDF, fayldan matn, matndan fayl. Fayl nomini o'zgartirish ham bor.

Guruhlarda

Istalgan chatda @yangi_alifbot deb yozing, matn shu zahoti o'giriladi. Botni qo'shish shart emas.

Yangi alifbo: nima o'zgardi

Eski lotindagi ikki harfli va apostrofli belgilar bitta harfga aylandi. Tutuq belgisi ʼ alohida qoldi.

KirillEski lotinYangi alifbo
Ў ўO' o'Ö ö
Ғ ғG' g'Ğ ğ
Ш шSh shŞ ş
Ч чCh chÇ ç
Ъ ъ'ʼ

Uch qadam

  1. Botni oching va tilni tanlang.
  2. Matn yoki fayl yuboring.
  3. Tayyor natijani oling. Shubhali so'zlarni ko'rib chiqishingiz mumkin.

Tariflar

Bepul

0
  • Kuniga 20 ta matn
  • Kuniga 3 ta fayl (3 MB gacha)
  • Tarjima, rasmdan matn, PDF: kichik limit bilan

Pro

25 000 so'm / oy
  • Kuniga 500 ta matn
  • Kuniga 50 ta fayl (10 MB gacha)
  • Tarjima 30 000 belgigacha
  • Tezroq navbat

Korporativ

99 000 so'm / oy
  • Kuniga 5 000 ta matn, 500 ta fayl (20 MB gacha)
  • 5 kishilik jamoa va statistika
  • Eng tez navbat
  • Tarjima 150 000 belgigacha

Kunlik limitlar har kuni yangilanadi. To'lov kartaga o'tkazma orqali.

Ko'p so'raladigan savollar

Yangi o'zbek alifbosi qanday harflardan iborat?

Lotin asosida, lekin O' G' Sh Ch o'rniga Ö Ğ Ş Ç harflari ishlatiladi. Tutuq belgisi ʼ saqlanadi. Bot kirill va eski lotin matnlarini shu alifboga o'giradi.

Kirildan lotinga o'girish aniqmi?

Aksariyat so'zlar qoida bo'yicha aniq o'giriladi. Ma'nosi ikki xil bo'lishi mumkin bo'lgan joylar «shubhali» deb belgilanadi va qaror sizda qoladi. Muhim hujjatni baribir ko'zdan kechiring.

Hujjat formatlashi buzilmaydimi?

Word va Excel fayllarda jadval, uslub va rasmlar saqlanadi. O'zgargan joylar ro'yxatini alohida fayl qilib olasiz.

Fayllarim saqlanadimi?

Yuborilgan fayllar 7 kundan keyin o'chiriladi. Matn mazmuni jurnalga yozilmaydi.

Guruhda qanday ishlatiladi?

Istalgan chatda @yangi_alifbot va bo'sh joydan keyin matn yozing, natijani tanlang. Bot guruhga qo'shilgan bo'lsa, xabarga @yangi_alifbot deb javob berish ham yetadi.

Bu bepulmi?

Ha, kunlik limit bilan bepul. Ko'proq kerak bo'lsa Pro yoki Korporativ tarifi bor.

Telegramda ochish